«zangiota tumani» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi
3 oktabr 2023, 20:26

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi
30 avgust 2023, 14:27

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi

Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola ko‘ngillilar yordamida qidirib topildi. Kechasi bolaning jasadi uy yaqinidagi quduqdan topilgan. Tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda.

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi
8 avgust 2023, 15:50

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi
3 avgust 2023, 18:32

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Bekobod tumanlari hokimlarini o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etdi. Bir kun avval prezident o‘sha hududlarda sanoat ishlab chiqarishi pasayganini tanqid qilgan edi.

Toshkent viloyatida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
28 iyul 2023, 10:33

Toshkent viloyatida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi temir yo‘l kesishmasida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi
20 iyun 2023, 16:24

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi

Zangiota tumanida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi va shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatida 2,5 mingta oila uchun “Mening birinchi uyim” loyihasi boshlanadi
5 aprel 2023, 18:46 1

Toshkent viloyatida 2,5 mingta oila uchun “Mening birinchi uyim” loyihasi boshlanadi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 36 gektarlik maydonda “Mening birinchi uyim” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida 2,5 mingta oila uchun 58 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Ushbu uylardagi 2 va 3 xonali xonadonlar uchun oylik to‘lov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka to‘lovlaridan arzon bo‘ladi.

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 15:46

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi
6 aprel 2022, 17:35

Zangiota tuman hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi yordamchisi va kadastr bo‘limining sobiq xodimi 1000 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular tadbirkorga turar-joy binosi qurish uchun ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.

Zangiota tumani hokimining sobiq o‘rinbosari qidiruvga berildi
30 mart 2022, 23:43

Zangiota tumani hokimining sobiq o‘rinbosari qidiruvga berildi

Zangiota tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari qidiruvga berildi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Toshkentda 12 gektar yerni 1,5 mln dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
26 noyabr 2021, 12:45

Toshkentda 12 gektar yerni 1,5 mln dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri 2 nafar sherigi bilan boshqa fuqaroga 12 gektar yerni 1 mln 560 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, bank xodimi poytaxtdan fuqaroga uy-joy olishida ko‘maklashish evaziga 2000 dollar olganida qo‘lga olindi.

Zangiotada yangi bolalar maydonchasining sun’iy qoplamasi yig‘ishtirib olindi
29 iyul 2021, 20:46

Zangiotada yangi bolalar maydonchasining sun’iy qoplamasi yig‘ishtirib olindi

Rost24 nashri Zangiotadagi «Ibrat» mahallasida bolalar maydonchasi ochilish marosimidan so‘ng u yerga to‘shalgan sun’iy qoplama yig‘ishtirib olingani haqida xabar qildi. Tuman hokimligi sun’iy maysazor kun issiqligi sababli yaroqsiz holga kelganini va yangisi bilan almashtirilishini ma’lum qildi.

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
4 iyul 2021, 12:16

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ot sportiga ixtisoslashgan MCHJga ajratilgan 25,4 gektar yer maydonini 1 mln. 500 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Namangan viloyatining Kosonsoy va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan
10 may 2021, 11:35

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan

Zangiota tumanida bolalar bog‘chasi mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

$1000 poradan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi
25 mart 2021, 22:54

$1000 poradan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi

Kadastrning Zangiota tuman filiali bo‘limi boshlig‘iga jamiyatlarning birining rahbariyati tomonidan 1000 dollar pora taklif qilindi. Xodim bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etgani bois, Kadastr agentligi tomonidan 10 mln so‘m mukofot berildi.

Zangiotada fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
8 fevral 2021, 17:05

Zangiotada fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Zangiota tumanida mashina traktor parki rahbari fuqaroga fermer xo‘jaligiga qarashli 30 sotix yerni 27,7 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Oldindan 10 ming 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting